Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek va turkman shevalari izoglossalar tizimi (fonetik izoglassalar)
Keywords:
dialektal zona, areal, o‘zbek tili, turkman tili, o‘g‘uz shevalari, qipchoq shevalari, oraliq shevalar, izoglossa.Abstract
Ma’lumki, o‘zbek areal lingvistikasi endi rivojlanib kelayotgan yangi sohalardan biri. O‘zbek tili massividagi lisoniy xususiyatlarning – izoglossalarning tarqalishini aniqlash va ularni xaritalarda aks ettirish o‘zbek areal lingvistikasining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, maqolada o‘zbek tili massivining tarkibiga mansub Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek va turkman shevalari uchun xos bo‘lgan izoglossalar ning tarqalishi xususida so‘z boradi hamda dialektal zonaning tasnifi va izoglossalar xaritasi berilgan.
Downloads
Published
2025-10-28
Issue
Section
Shevashunoslik