Shafoat Rahmatullo Termiziyning antitezalardan foydalanish mahorati
Keywords:
Antiteza, obraz, sintaktik antiteza, leksik antiteza, kontekstual antiteza, okkazionalizmAbstract
Badiiy adabiyotda adib o‘z oldiga qo‘ygan badiiy-g‘oyaviy maqsadiga erishish uchun, eng avvalo o‘quvchiga ta’sir eta olishi lozim, binobarin, asar yuksak ta’sirchanlik, yaqqol namoyon bo‘luvchi ohangdorlik, jozibadorlik. emotsional-ekspressivlik kabi xususiyatlar bilan birga o‘z tiliga ega bo‘lishi talab etiladi. Badiiy adabiyot namunalarida allegoriyalar, metaforalar, qiyoslar, tashbehlar, o‘xshatishlar va boshqa nutq shakllaridan foydalanish barobarida turli usullar, shakllar, uslublar, til va nutq birliklari keng qo‘llaniladi. Muallifning badiiy maqsadini maksimal yorqin namoyon etishda antitezalarning ham nihoyatda muhim o‘rni bor. Biz muayyan muallif (bizning tadqiqot ishimizda – Shafoat Rahmatullo Termiziy) asarlarida antitezalarning qo‘llanilish shakllari tahliliga o‘tishdan oldin mazkur usul haqidagi bugungi qarashlarni o‘z ichiga olgan muhim mulohazalarga to‘xtalib o‘tamiz.