Uch baxshining Hasani (Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan, Zohir shoir Qo‘chqor o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li variantlari misolida)
Keywords:
folklorshunoslik, dostonchilik, nasl, turkumlilik, qiyosiy tahlil, temirchi oilasi, mardlik, jasurlik, ota-bola munosabati.Abstract
“Go‘ro‘g‘li” turkumini tashkil etuvchi dostonlarning kattagina qismini Go‘ro‘g‘lining asrandi farzandlari Avazxon va Hasanxon, ularning farzandlariga bag‘ishlangan epik asarlar tashkil etib, ushbu obrazlar bevosita va bilvosita sarguzasht qahramonlari sifatida kuylanadi. Va har biri o‘zining biografik-nasliy turkumligini tashkil etadi. Vayangandan Chambilga tomon asrandi farzand sifatida olib kelingan Hasanxon haqidagi turkumlilikni kuylagan bir qator baxshilar repertuari mavjud bo‘lib, ushbu ilmiy tadqiqotda Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan, Zohir shoir Qo‘chqo‘r o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li ijrosidagi “Hasanxon” dostonlari va ularning qiyosiy tahlili olib boriladi. Bugunga qadar O.Sobirov, M.Mirzayeva, S.Sariyev, Sh.Turdimov tomonidan atroflicha tadqiqot olib borilgan Go‘ro‘g‘li turkum dostonlarida Hasanxon obrazi tahliliga to‘liq to‘xtalinmagan. Ushbu tadqiqot ishi orqali mavjud masala yuzasidan fikr bildirilib, uch baxshining “Hasanxon” dostoni qiyosiy tahlil qilinadi.