OʻZBEK TILI MILLIY LINGVISTIK ATLASINI YARATISH TAMOYILLARI
Keywords:
lingvistik geografiya, areal lingvistika, lingvistik atlas, xaritalashtirish, hududiy jihatdan oʻrganish tamoyili.Abstract
Ushbu maqolada tilshunoslikning yangi yoʻnalishlaridan biri boʻlgan lingvistik geografiya, areal lingvistika kabi fanlar asosida oʻzbek tilshunosligi oldidagi muhim masalalardan biri boʻlgan oʻzbek tili milliy lingvistik atlasini yaratish masalasi va ish davomida yuzaga keluvchi ayrim muammolar haqida fikrlar bildirilgan. Toshkent viloyatining janubiy tumanlari o‘zbek shevalarining lingvistik atlaslarini yaratish uchun bir qator tamoyillarga asoslanish mumkin. Toshkent viloyati ko‘p millatli viloyat sanalganligi uchun ham shevalarning rang-barangligini, biri ikkinchisini takrorlamasligini ko‘rish mumkin. Toshkent viloyati 18 ta tuman va shahardan iborat. Bekobod, Bo‘ka, Ohangaron, Chinoz, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq tumanlari viloyatning janubiy qismida joylashgan. Mazkur tuman shevalari fonetik, leksik, morfologik, semantik tadqiq qilinib, to‘plangan materiallar asosida kichik areallarni o‘z ichiga olgan xususiy lingvistik atlaslar yaratilmoqda. Bu kabi ishlar har bir viloyat shevalari asosida amalga oshirilsa, o‘zbek tilshunosligida ham katta o‘zgarish bo‘lishi haqida fikr yuritilgan. Ayrim taklif va mulohazalar orqali baʼzi muammolarga yechim topishga harakat qilindi.