“QUTADG‘U BILIG” DOSTONIDA KUNTUG‘DI VA O‘ZG‘URMISH MUNOSABATLARINING FOLKLOR MOTIVLARIGA XOS TALQINI
Keywords:
Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘u bilig” dostoni, Kuntug‘di, O‘zg‘urmish, folklor, shoh va zohid, muammo, tugun, yechim.Abstract
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidagi har bir qahramon o‘ziga yarasha ramziy mazmun kasb etadi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar ham ma’lum bir g‘oyani aks ettirishga xizmat qiladi. Quyidagi maqolada ham Kuntug‘di va O‘zg‘urmish o‘rtasidagi shoh va zohidlik munosabati folklorga xos chizgilar asosida tahlil qilingan. Oʻzbek adabiyotida zamon va makon tushunchalarini mujassamlashtirga didaktik asarlardan bir boʻlgan bu doston globallashuv jarayonida ham oʻz qiymatini yoʻqotmagan kamsonli manbalardan biri hisoblanadi. Dostonda qoʻllangan folklor motivlari bugungi kun shaxsinining shaxs sifatida yuksalishi yoʻlida oʻziga xos oʻringa ega hisoblanadi. Folklor namunalarining xalq orasida qoʻllanish chegarasi torayib borayotgan bir davrda, nafaqat, keng kitobxon balki, xos adabiyotchilar uchun ham bu asarni folklor jihatdan talqin qilish bugun oʻz dolzarbligini saqlab kelmoqda.