http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/issue/feed Uzbekistan: Language and Culture 2026-07-04T15:11:51+05:00 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti adabiyotshunoslik2022@gmail.com Open Journal Systems
“Folklorshunoslik. Shevashunoslik” – “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnalining adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi seriyasi bo‘lib, yilda to‘rt marta nashr etiladi.

“Oʻzbekiston: til va madaniyat jurnalining “Folklorshunoslik. Shevashunoslik” seriyasi - Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy nashrlar roʻyxatidagi “Oʻzbekiston: til va madaniyat” akademik jurnalining ilovasi hisoblanib, oʻzbek folklorining dolzarb masalalari, oʻzbek dostonchiligi, jahon folklori, folklor janrlari, turkiy xalqlar folklori, folklor va yozma adabiyot, adabiyotimizdagi folklor motivlari, oʻzbek shevalarining fonetik, grammatik va leksik xususiyatlari, tarixiy dialektologiya, shevalarning sotsiolingvistik talqini, areal lingvistika, folklor dialektologiyasi, adabiy til va sheva munosabatlari, sheva ma’lumotlarini oʻzbek tili korpusiga teglash, dialektologiyaning nazariy asoslari, jahon dialektologiyasidagi ilgʻor gʻoyalarga oid tadqiqot natijalari nashr qilinadi.
http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/258 TURK-BARLOS URUGʻI NUTQIDA SAQLANIB QOLGAN QADIMIY TURKIY LAHJA ELEMENTLARI (Marhamat tumani misolida) 2026-07-03T17:02:39+05:00 Marifatxon Anarbayeva mariy19umarova87@gmail.com
Hozirgi Andijon shahrining Marhamat tumani qadimda eng serqatnov Buyuk ipak yoʻli karvoni oʻtuvchi asosiy yoʻllardan biri boʻlgan. Tuman shevasi hozirga qadar oʻrganilgan emas. Holbuki, sheva leksikasi tarkibida bir qator qadimiy turkiy soʻzlar, boshqa oʻzbek shevalari va adabiy tilda uchramaydigan leksemalar mavjudki, ular hozirgi kunga qadar oʻz yechimiga ega emas. Biz maqolada tumanda yashovchi turk-barlos urug’i mansub aholi shevasi haqida bir necha ma’lumotlar keltirib oʻtamiz.
2026-07-03T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/265 SAMARQAND QIPCHOQ SHEVALARINING AREALLARI 2026-07-04T11:48:55+05:00 Dilsoʻz Rahmonova rahmonovadilsoz410@gmail.com
Ushbu maqola Samarqand viloyati qipchoq lahjasining o‘rganilish tarixini yoritib berilgan. Dialektolog tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlar va erishilgan natijalar tahlil qilingan. Shuningdek, qipchoq guruh shevasining tasniflarda kelishi, xususan, Samarqand viloyati qipchoq guruh shevalari haqida, ularning areallari haqida fikr yuritilgan. Maqolada Samarqand areali boʻyicha shu davrgacha qilingan ilmiy ishlar tahlilga tortilib, ularga munosabat bildirilgan. Lahjaning o‘ziga xos jihatlari misollar yordamida tushuntirildi. Tadqiqot natijalari Samarqand viloyati qipchoq lahjasining o‘zbek tilshunosligi uchun ahamiyatini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kelajakda lahjani yanada chuqurroq o‘rganish zarurati ta’kidlanadi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/272 NAMANGAN QARLUQ SHEVALARINING FONETIK XUSUSIYATLARI VA AREAL LINGVISTIK O‘ZIGA XOSLIKLARI 2026-07-04T12:16:51+05:00 Shahlo Ahmadjonova shahlo.ahmadjonova2003@gmail.com
Mazkur maqolada Namangan qarluq shevalarining fonetik tizimi, tarixiy ildizlari hamda areal-lingvistik xususiyatlari keng tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Namangan vodiysi shevalarining qadimgi qarluq til qatlamlari bilan bog‘liqligi, fonetik o‘zgarishlarning tarixiy manbalardagi izlari, shuningdek, boshqa turkiy lahjalar bilan o‘zaro o‘xshashliklari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Namangan shevalarining shakllanishida qarluq etnik komponentining roli alohida o‘rin tutgani sababli tadqiqotda Karim Shoniyozovning “Qarluqlar va Qarluqlar davlati” asari, V.V. Reshetovning fonetik tadqiqotlari, Sh. Shoabdurahmonov, I. Darvishov, E. Begmatov, B. Jo‘rayev, S. Ibrohimov kabi olimlar merosi ilmiy manba sifatida jalb etildi. Ushbu manbalar Namangan vodiysi shevalarining qadimgi turkiy fonetik qatlamlarni saqlab qolgan markaziy hududlardan biri ekanini tasdiqlaydi. Maqola davomida Namangan shevalarining fonetik xususiyatlari qiyosiy-areal metod asosida tahlil qilindi. Xususan, Reshetov tomonidan qayd etilgan “Sharqiy turkiy areal” tushunchasi asosida Namangan vodiysi shevalarining fonetik markaz sifatidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslandi. Shuningdek, Jo‘rayev va Begmatovning Qashqadaryo hamda Samarqand qarluq shevalarida uchraydigan fonetik hodisalar Namangan shevalari bilan bevosita bog‘liqligi ko‘rsatildi. adqiqotning yana bir muhim jihati — Namangan shevalaridagi qarindoshlik terminlarining fonetik shakllanishi va semantik taraqqiyoti bo‘lib, bu jihat M. Saidova va H. Ismoilov tadqiqotlari asosida tahlil qilindi. Maqolada Namangan hududida ǯijan, ǯijanak, quda, ene kabi qadimgi turkiy kelib chiqishga ega bo‘lgan terminlarning fonetik shakllanishi, tarixiy rivoji va shevada yangicha talaffuzda yashab kelayotganligi ilmiy asosda ko‘rsatildi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/263 INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ERTAKLARDA UCHRAYDIGAN BARQAROR BIRIKMALARNI MUQOBILLASHTIRISH MASALALARI 2026-07-04T11:40:24+05:00 Salimbek Nazirov nazirovsalimbek2@gmail.com
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi ertak matnlarida uchraydigan barqaror birikmalar – ya’ni frazeologik iboralar, idiomalar, maqollar va boshqa nutqiy qoliplarni tarjima qilish masalalari tahlil etiladi. Ertaklar xalqning madaniy-ma’naviy boyligi bo‘lgani bois ularning tarjimasi jarayonida faqatgina til emas, balki madaniyatlararo tafovutlar, mentalitet va estetik mezonlar ham hisobga olinishi zarur. Maqolada barqaror birikmalarning tarjimasida ekvivalent ifodalar orqali tarjima usuli yoritiladi. Ingliz va o‘zbek ertaklaridan olingan misollar asosida bu usul amaliy jihatdan tahlil qilinadi hamda tarjima jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/270 GURLAN LEKSIKASIDAGI AYRIM SO‘ZLARNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARI BILAN QIYOSI 2026-07-04T12:09:35+05:00 Hayotxon Salayeva salayevahayot01@gmail.com
О‘zbеk shеvаlаrini о‘rgаnishdа yаngi ishlаr аmаlgа оshirilаyоtgаnligini inоbаtgа оlib, bu ishdаn mаqsаd Хоrаzm shеvаlаrini, хususаn, Gurlаn shеvаsidа dеhqоnсhilik jаrаyоnidа qо‘llаnilаdigаn sо‘zlаrni сhuqur о‘rgаnish, ulаrning о‘z qаtlаmmi yоki сhеtdаn о‘zlаshgаnligini аniqlаsh, dеhqоnсhilikkа оid sо‘zlаrni mаvzuviy guruhlаrgа аjrаtish, lug‘аtini tuzish hаmdа аdаbiy tilimizgа munоsаbаtini bеlgilаsh vа shu оrqаli diаlеktаl kоrpusgа mаtеriаl sifаtidа tаyyоrlаsh mаqsаd qilindi.
Ushbu maqolada Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari bilan Gurlan (Xorazm) shevasida dehqonchilik jarayonida qoʻllanilayotgan ayrim soʻzlar qiyosiy-tarixiy metod asosida tahlil qilindi. Boshqa hududdagi sheva elementlari bilan ham qiyos etildi. Shuningdek, “Devonu lugʻotit turk” asari hamda u bilan bogʻliq ilmiy ishlar haqida ham fikr yuritildi.
Ishdа Gurlаn shеvаsidа dеhqоnсhilik jаrаyоnidа qо‘llаnilаdigаn sо‘zlаr sinсhiklаb о‘rgаnilаdi, shеvаgа bоshqа tillаrning tа’siri hаm е’tibоrgа оlinаdi. Tаdqiqоt shеvаlаrdаgi о‘zigа хоs lеksikаni о‘rgаnish uсhun nаzаriy аsоs bо‘lib хizmаt qilаdi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/261 MATNAZAR ABDULHAKIM SHE’RIYATIDA MORFOLOGIK DIALEKTIZMLARNING AKS ETTIRILISHI 2026-07-04T11:32:38+05:00 Feruza Aminova feruzaaminova98@gmail.com
Ma’lumki, dialektal uslub degan tushuncha hozirgi kungacha hali tadqiq etilmagan. Dialektizmlar haqida esa bir qancha izlanishlar olib borilgan. Dialektal uslubni tadqiq etishda dialektizmlar katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada og‘uz lahjasi, jumladan Xorazm viloyati shevalariga xos bo‘lgan morfologik dialektizmlar badiiy adabiyotlar - Matnazar Abdulhakim ijodi misolida turli metodlar yordamida tadqiq etilib, misollar orqali dalillanadi, ularning leksik-semantik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, shoirning ijodiy uslubida xalq tiliga xos unsurlar qanday aks etgani va badiiy tasvir kuchini oshirishdagi roli o‘rganiladi. Natijada Matnazar Abdulhakim she’riyatida dialektizmlarning poetik funksiyasi va ularning adabiy jarayondagi o‘rni haqida xulosa chiqariladi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/268 XALQ ERTAKLARIDA QO‘LANILADIGAN RAMZLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI 2026-07-04T12:02:53+05:00 Rustam Esonov esonovrustamjon@gmail.com
Ertaklarda ramzlarning qo‘llanishi nafaqat badiiy ifoda vositasi, balki xalqning mentaliteti va ma’naviy dunyosini ifodalovchi lingvomadaniy hodisa sifatida ham ahamiyatlidir. O‘zbek madaniyatida raqamlar ramziy ma’noga juda boy. An’anaviy xalq dunyoqarashida raqamlar ko‘plab e’tiqodlar, urf-odatlar, folklor va san’atda o‘z ifodasini topgan. So‘zning leksik ma’nosi uning semantik tuzilishidagi o‘rnini hisobga olgan holda, tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi semalarning yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu tarzda u so‘zning ichki paradigmasini, ya’ni unga xos semantik birliklar tizimini ifodalaydi. Ushbu maqolada oʻzbek xalq ertaklarida keng qoʻllaniladigan ramzlarning til xususiyatlari leksik-semantik jihatdan tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi namunalarida keltirilgan lingvofolkloristik birliklarning alohida lugʻati masalasi ham yoritilgan. Folklor asarlari lugʻatini tayyorlash va izohli lugʻat oʻrtasidagi farqlar ilmiy asosda qiyoslangan.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/259 O‘G‘UZ LAHJASIDAGI SO‘Z BIRIKMALARI VA YONDOSH TIL BIRLIKLARI 2026-07-03T17:10:16+05:00 Adolat Bekturdiyeva adolatomonbayevna@gmail.com
Sintaksisning asosiy o‘rganish obektlaridan biri bo‘lgan so‘z birikmalarining dialektal matnlardagi ko‘rinishlarini adabiy til bilan bir xil deb bo‘lmaydi. O‘g‘uz lahjasi Xiva-Urganch areali shevalaridagi so‘z birikmalarining strukturasi bir qator individual xususiyatlarga ega. Adabiy tilda bir so‘z bilan ifodalangan birliklar, mazkur shevada so‘z birikmalari orqali shakllanadi, shuningdek, so‘z birikmalari bilan qarama-qarshi oppozitsiyada o‘rganiluvchi turg‘un birikmalar, qo‘shma so‘z va izofalarning ham dialektal o‘ziga xosliklari mavjud. So‘z birikmasi tarkibidagi mustaqil leksemalarning o‘zaro bog‘lanish jarayonida ham boshqa shevalar va adabiy til oppozitsiyasini ko‘rish mumkin. So‘z birikmalari o‘rtasidagi shakliy va mazmuniy sintagmatik munosabatlar mazkur sheva tabiati bilan izohlanadi.
2026-07-03T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/266 IBORALAR KOMPONENTLARI TAHLILI: O‘TIL (6 JILDLI; 2022) MATERIALLARI ASOSIDA 2026-07-04T11:55:03+05:00 Islom Bo‘riyev islomboriyev122@gmail.com
Mazkur maqolada O‘zbek tilining izohli lug‘ati (6 jildli; 2022) materiallari asosida iboralarning komponent tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda iboralar shakliy-struktur jihatdan tahlil qilinib, ularning komponentlar miqdori (ikki komponentlidan to‘qqiz komponentligacha), grammatik bog‘lanish usullari va tarkibidagi so‘z turkumlari aniqlangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘TILdagi iboralarning 80% ini fe’l iboralar, 12% ini sifat iboralar, 7% ini ravish iboralar va qolgan qismini ot iboralar tashkil etadi. Iboralar asosan ot+fe’l, ot+sifat, ot+ot, sifat+fe’l kabi qoliplarda shakllangan bo‘lib, ko‘p komponentli iboralar gapga teng kelishi xususiyati bilan ajralib turadi. Maqolada ibora komponentlarining o‘zgarishi (so‘z tushishi yoki qo‘shilishi, grammatik qo‘shimchalarning qo‘shilishi) ularning semantikasiga ta’siri haqida ham qisqacha fikr yuritilgan. Bundan tashqari Oʻzbek tilida iboralarni izohli lugʻatlarga kiritish va lugʻaviy tavsifi tizimini shakllantirish uchun mavjud lugʻatlar tahlili asosida 11 ta oʻlchov-mezon ishlab chiqilib, mazkur mezonlar iboraning maʼno yaxlitligi, qoʻllanish faolligi, uslubiy mansublik, sinonim va antonim munosabatlari, tarkibiy barqarorlik, etimologik asoslari, illyustrativ misollar bilan taʼminlanganligi, grammatik modeli, polisemantiklik darajasi, variantliligi hamda qoʻllanish doirasi kabi jihatlarni qamrab olganligi izohlangan.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/273 O‘ZBEK SHEVALARIDA KULOLCHILIK TERMINLARINING O‘RGANILISHI 2026-07-04T14:27:43+05:00 Shirinoy Shuhratova shuhratovashirinoy@gmail.com
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi kasb-hunar leksikasining qadimiy va muhim qatlami — kulolchilik terminologiyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish jarayoni tahlil qilingan. Unda kulolchilikka oid so‘zlarning tarixiy ildizlari, semantik va morfologik xususiyatlari, tematik guruhlanishi hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarda tutgan o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda kulolchilik terminlarining xalq og‘zaki ijodi, madaniy meros va lingvokulturologik jarayonlar bilan uzviy aloqasi ilmiy asosda ochib berilgan. Shuningdek, maqolada kulolchilik leksikasining o‘zbek tili tizimidagi qadimiylik, milliylik va madaniy identifikatsiya belgilarini saqlab qolgan sohaviy qatlam sifatidagi o‘rni tahlil etiladi. Ushbu tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy hamda tahliliy usullardan foydalanildi. Tavsifiy usul yordamida kulolchilikka oid so‘zlar yig‘ilib, ularning umumiy xususiyatlari bayon qilindi. Qiyosiy usul orqali ushbu so‘zlar boshqa shevalar bilan solishtirilib, o‘xshash va farqli jihatlari aniqlandi. Tahliliy yondashuv asosida esa ularning ma’no xususiyatlari va qo‘llanish doirasi o’rganildi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/264 UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MORFONOLOGIYANI O‘QITISH METODIKASI (yozma va og‘zaki nutq misollari asosida) 2026-07-04T11:44:13+05:00 Dilnavoz Asatullayeva asatullayevadilnavoz@gmail.com
Ushbu maqolada umumta’lim tizimida morfonologiyani o‘qitish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Morfonologiya fonologiya va morfologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan soha sifatida til o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa yozma va og‘zaki nutqda uning namoyon bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning morfonologik o‘zgarishlarni, jumladan, tovush almashinuvi, qo‘shimchalarning fonetik o‘zgarishi va so‘z yasash jarayonlaridagi assimilatsiya hodisalarini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklari o‘rganiladi.
Maqolada yozma va og‘zaki mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish orqali morfonologik bilimlarni samarali o‘zlashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini oshirish uchun diktant mashqlari, morfologik tahlillar, fonetik mashqlar, interfaol bahslar va rolli o‘yinlar kabi turli ta’lim usullari taklif etiladi. Shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalarining, jumladan, raqamli til vositalari, nutqni aniqlash tizimlari va o‘yinli o‘qitish yondashuvlarining morfonologik idrokni rivojlantirishdagi samaradorligi o‘rganiladi.
Bundan tashqari, maqolada umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot natijalari tahlil qilinib, morfonologiyani o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar beriladi. Ushbu natijalar ta’lim jarayonini optimallashtirish va o‘quvchilarning morfonologik kompetensiyasini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/271 ISHTIXON SHEVASINING O‘Z VA O‘ZLASHMA QATLAM LEKSIKASI 2026-07-04T12:13:14+05:00 Sadoqat Rajabova sadoqatrajabova1993@gmail.com
Ushbu maqolada Samarqand viloyati Ishtixon tumanida istiqomat qiluvchi o‘zbeklashgan etnik arablar shevasining leksik tarkibi tahlil qilinadi. Tadqiqotda sheva lug‘at boyligining ikki asosiy qatlami — umumturkiy va o‘zlashma leksik qatlamlar ko‘rib chiqilgan. O‘z qatlam leksikasini fors-tojikcha va arabcha so‘zlarga ta’siri fonetik, leksik-semantik xususiyatlari aniqlanib, ularning adabiy tilga nisbatan farqli jihatlari misollar asosida yoritilgan. Maqolada shuningdek, maqolada fors-tojikcha va arabcha elementlarning sheva tizimiga singib ketishi jarayoni, ularning tarixiy shakllanish omillari (etnik arablarning o‘zbek muhitiga integratsiyasi, madaniy va diniy aloqalar, yonma-yon yashash natijalari) ham batafsil tahlil etilgan. Bundan tashqari o‘zlashma so‘zlarning fonetik-morfologik moslashuvi, semantik oʻzgarishlari, sheva ichidagi sinonimik munosabatlari (o‘z va o‘zlashma qatlamning parallel qo‘llanilishi) alohida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi – Ishtixon shevasi leksik qatlamini qiyosiy tahlil qilish, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlash va adabiy til bilan munosabatlarini ochib berishdir. Natijalar o‘zbek dialektologiyasi, leksikografiyasi va til tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shevalarni saqlash va adabiy tilni boyitish masalalarida amaliy qo‘llanilishi mumkin.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/262 THE HISTORICAL DEVELOPMENT AND MODERN ASPECTS OF EVIDENTIALITY IN UZBEK LANGUAGE 2026-07-04T11:36:35+05:00 Durdona Ermatova durdonaxon97@gmail.com
Evidentiality refers to the linguistic encoding of the source and reliability of information. This study investigates the historical development and functional diversity of evidential markers in the Uzbek language, drawing comparisons with other Turkic languages such as Turkish, Kazakh, and Tuvan. By analyzing morphological, syntactic, and lexical structures, the article demonstrates how evidentiality in Uzbek evolved from ancient Turkic roots to its current usage in media, education, and political discourse. Despite not being a fully grammaticalized system, Uzbek employs a variety of evidential strategies to express inferential, reported, and experiential knowledge. This research highlights Uzbek’s unique place within the typology of evidential systems and its implications for Turkic linguistics and discourse practices.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/269 TIL VA MADANIYAT MUNOSABATI, ETNODIALEKTAL BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY TALQINI 2026-07-04T12:05:38+05:00 Botir Raxmanov botirraxmanov8@gmail.com
Til va madaniyat tushunchasi ko‘p funktsiyali, unga madaniyatshunos, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunoslik sohasi olimlari o‘rtasida turlicha qarash va munosabat mavjudligini ko‘rish mumkin. Til va madaniyat har bir xalqning aql idroki, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan stereotiplarning vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Stereotiplar xalqning borliqni idrok etishi, undan xulosa chiqarishi va amalda foydalanishi asosida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular majmui. Ayonki, lingvokulturologiya fanining asosiy maqsadi xalq madaniyatini tilda yorqin aks ettirish. Ya’ni bunga: etnografizmlar (xolaslamoq, betochar,oshxudayi), lakunalar (bobochaqirish, qo‘rliq, digdika, qonjaloq), ekzotizmlar (sari, sarpo, gashtak) va til birliklarning miflashgan ko‘rinishlari – arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusm va odat, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari tashkil etadi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/260 OʻZBEK TILI MILLIY LINGVISTIK ATLASINI YARATISH TAMOYILLARI 2026-07-04T11:29:02+05:00 Muattarxon Turdixo‘jayeva mturdixojayeva@gmail.com
Ushbu maqolada tilshunoslikning yangi yoʻnalishlaridan biri boʻlgan lingvistik geografiya, areal lingvistika kabi fanlar asosida oʻzbek tilshunosligi oldidagi muhim masalalardan biri boʻlgan oʻzbek tili milliy lingvistik atlasini yaratish masalasi va ish davomida yuzaga keluvchi ayrim muammolar haqida fikrlar bildirilgan. Toshkent viloyatining janubiy tumanlari o‘zbek shevalarining lingvistik atlaslarini yaratish uchun bir qator tamoyillarga asoslanish mumkin. Toshkent viloyati ko‘p millatli viloyat sanalganligi uchun ham shevalarning rang-barangligini, biri ikkinchisini takrorlamasligini ko‘rish mumkin. Toshkent viloyati 18 ta tuman va shahardan iborat. Bekobod, Bo‘ka, Ohangaron, Chinoz, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq tumanlari viloyatning janubiy qismida joylashgan. Mazkur tuman shevalari fonetik, leksik, morfologik, semantik tadqiq qilinib, to‘plangan materiallar asosida kichik areallarni o‘z ichiga olgan xususiy lingvistik atlaslar yaratilmoqda. Bu kabi ishlar har bir viloyat shevalari asosida amalga oshirilsa, o‘zbek tilshunosligida ham katta o‘zgarish bo‘lishi haqida fikr yuritilgan. Ayrim taklif va mulohazalar orqali baʼzi muammolarga yechim topishga harakat qilindi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/267 “GULNOR PARI” DOSTONINING FONETIK -LEKSIK XUSUSIYATLARI 2026-07-04T11:58:46+05:00 Gavhar Toshtemirova gavhartoshtemirova@mail.ru
Oʻzbek tilining tasviriy, badiiy-estetik imkoniyatlari va ularning xalq og‘zaki ijodida qanday qo‘llanilganligini o‘rganish hozirgi kunda muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ib turibdi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari dialektizmlarni o‘rganish orqali shevalarning sayqallanib borish jarayononi bilib olish mumkin bo‘ladi. Maqolada “Xalq og‘zaki ijodi” turkumidagi “Gulnor pari” dostonidagi shevalarni o‘rganish usullari, o‘ziga xosliklari va hozirgi o‘zbek shevalariga o‘xshash hamda farqli jihatlarini yoritishga harakat qilingan. Fonetik xususiyatlari. Dostonda og‘zaki ijodga xos fonetik hodisalar — singarmonizm, assimilatsiyasi va dissimilatsiyasi, tovush o‘zgarishlari (masalan, qadimgi turkiy tovushlarning saqlanishi yoki dialektal talaffuzlar) yaqqol namoyon bo‘ladi. Baxshi ijrosi ritmik va melodik talaffuzga asoslangani uchun doston matnida sheva xususiyatlari kuchli aks etishi kuzatildi hamda tahlil qilindi.
Leksik xususiyatlari. Leksik jihatdan “Gulnor Pari” dostonida arxaik so‘zlar, folklor terminlari, epik formulalar, mifologik obrazlar (pari, jahon, dev va boshqalar) va dialektal leksika boy ifodalangan. Unda turkiy, fors-tojik qatlamlari va xalq og‘zaki ijodiga xos metaforik, sinonimik boyliklar mavjud. Doston leksikasi epik uslubga xos takrorlanuvchi birliklar (formula), kinoya, ramziy ifodalar va xalqona iboralarni o‘z ichiga oladi. Bu xususiyatlar asarning milliy ruhini, tarixiy va madaniy qatlamlarini ochib beradi hamda o‘zbek tilining leksik boyligini namoyish etadi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/274 O‘ZBEK DOSTONLARIGA DOIR TURKIYADAGI TADQIQOTLAR 2026-07-04T14:31:42+05:00 Abdumurod Tilavov a.tilavov@mail.ru
O‘zbek folklori o‘zbek xalqining shonli o‘tmishi, yuksak madaniyat va ma’naviyatining badiiy ifodasidir. O‘zbek “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlarida ibratli lavhalar mavjud. Bu ma’naviy merosimiz xorijlik olimlar tarjimonlarni ham befark qoldirmagan.
Mazkur maqolada o‘zbek “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari borasida qardosh Turkiyada olib borilgan tadqiqotlarning umumiy tavsifi, turkiyalik olimlarning mavzuga doir ilmiy qarashlariga o‘rin beriladi. Turkiyada professor doktor Fikret Turkman rahbarligida “Turk dunyosi bestsellerining tadqiqi, Turkiya turkchasiga o‘girilishi va nashr qilishning loyihasi doirasi amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Aynan shu loyiha asosida bir necha o‘zbek xalq dostonlari, jumladan, “Go‘ro‘g‘li” turkumiga mansub o‘zbek xalq dostonlari tarjima va transkripsiyasi nashrdan chiqqan.
Maqolada shuningdek, turkiyalik folklorshunoslarning mavzuga doir xalqaro anjumanlardagi chiqishlari, jurnallarda e’lon qilgan ilmiy maqolalariga ham o‘rin beriladi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/281 O‘ZBEK VA TURK XALQLARIDA NIKOY TO‘YI MAROSIMI 2026-07-04T15:09:06+05:00 Nazokat Abduraximova qaxxorovanazokatt@gmail.com
Nikoh to‘yi har bir xalq madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, u milliy an’analar, urf-odatlar va ijtimoiy qadriyatlarning aks etish maydonidir. Nikoh asrlarda davomida shakllangan diniy va madaniy an’analarning hosilasidir. Bu marosim har ikki xalqning urf-odatlari, turmush tarzi va e’tiqodlari bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbek va turk xalqlari tarixiy ildizlari va diniy urf-odatlarining yaqinligi bilan ajralib turadigan ikki millat bo‘lib, ularning nikoh to‘ylari o‘xshash jihatlar va o‘ziga xos farqlarga boydir. Har ikki xalq turkiy etnik asosga, umumiy islomiy qadriyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, nikoh to‘ylariga bo‘lgan yondashuvlarida muayyan farqlar mavjud. Ushbu maqolada ikki qardosh xalqning nikoh marosimlari, ularning o‘ziga xos jihatlari va o‘zaro o‘xshashliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/279 “BILGA XOQON” OBRAZINING ZAMONAVIY NASR VA NAZMDA IFODALANISHI 2026-07-04T15:02:42+05:00 Dilafruz Mahkamova dilafruz-mahkamova@mail.ru
Maqolada Bilga Xoqon obrazi turkiy xalqlarning tarixiy xotirasi va adabiy tafakkurida qanday talqin etilganiga e’tibor qaratiladi. Xususan, qadimgi bitiktoshlarda ifodalangan tarixiy shaxsning obrazini zamonaviy nasr va nazmda qayta jonlantirish jarayoni tahlil qilinadi. O‘zbek adabiyotidagi Isajon Sultonning “Bilga Xoqon” romani hamda zamonaviy she’riyatda uchraydigan obrazlar misolida tarixiy qahramonning badiiy talqini yoritiladi. Shu orqali o‘tmish va bugun o‘rtasidagi ruhiy–ideologik bog‘lanish ochib beriladi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/277 “BOBURNOMA”DA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI BADIIY TALQINI 2026-07-04T14:46:25+05:00 Shaxnoza Norkulova shaxnoza_norkulova@tues.uz
Ushbu maqoladа Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari o‘zbek mumtoz adabiyotining eng muhim yodgorliklaridan biri bo‘lib, unda muallifning shaxsiy hayoti, siyosiy kurashlari bilan birga o‘zbek, tojik va boshqa xalqlar og‘zaki ijodining boy namunalari – maqollar, matallar, rivoyatlar, qo‘shiqlar va boshqa folklor unsurlari keng qo‘llanilgan. Ushbu ishda “Boburnoma”da xalq og‘zaki ijodi namunalarining badiiy talqini tadqiq etiladi: Bobur folklor elementlaridan voqealarni ixchamlashtirish, fikrlarni falsafiy umumlashtirish, obrazlarni jonlantirish va matnni estetik boyitish uchun mahorat bilan foydalanadi. Masalan, o‘zbek va tojik maqollarining “irsoli masal” uslubida qo‘llanilishi asarda badiiy vosita sifatida xizmat qiladi, xalq donishmandligini tarixiy voqealar bilan uzviy bog‘laydi. Maqolada Boburning maqollarni siyosiy-ijtimoiy holatlarni talqin etishdagi o‘ziga xos uslubi, shuningdek, qo‘shiq va rivoyatlarning matnga emotsional ta’sir kuchaytirishdagi roli tahlil qilinadi. Ishning dolzarbligi “Boburnoma”ning xalq og‘zaki ijodi bilan adabiyot o‘zaro ta’sirini ochib berishda, mumtoz merosni zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishdadir. Maqolada matnshunoslik, qiyosiy tahlil va tarixiy-adabiy yondashuvlarga asoslanadi. Natijada, Bobur folklor namunalarini shaxsiy memuar janriga muvaffaqiyatli singdirib, o‘zbek nasrining badiiy imkoniyatlarini boyitgani isbotlanadi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/275 TURKIY XALQLAR FOLKLORIDA OLQISH VA QARG‘ISHLARNING QIYOSIY TIPOLOGIK TAHLILI 2026-07-04T14:35:29+05:00 Hulkar Aliqulova hulkaraliqulova79@gmail.com
Turkiy xalqlar og‘zaki ijodida xatti-harakat, ko‘z va so‘z jodusi bilan bog‘liq folklor janrlari ancha katta o‘rin egallaydi. Kinna, badik, olqish, qarg‘ish, afsun, qolaversa, turli-tuman irim-sirimlar bilan bog‘liq aytimlar ana shular jumlasidandir. Bunday an’anaviy, faol janrlar uzoq ajdodlarning ijodi sifatida yashab kelar ekan, albatta, ularning ijtimoiy hayot bilan bog‘liq uzviy qatlamlari ko‘zga tashlanadi. Olqish va qarg‘ishlarning so‘z bilan bog‘liq ifodasidan tashqari, ana shunday hayotiy hodisalarga ta’sir doirasi ham o‘ziga xos. Shu ma’noda, bu tipdagi namunalar so‘z sehriga asoslangan janrlar deb yuritiladi. So‘z magik qudratiga asoslangan janrlar xalqning qadimgi e’tiqodiy tasavvurlarini, demonologik qarashlarini nisbatan to‘la aks ettirishi bilan ajralib turadi. Keng ommaviy ijro etiluvchi olqish, duo, tilak bilan bog‘liq ifodalar barcha xalqlarda ijobiy psixologik zavq ulashsa, qarg‘ishlar esa, aksincha, ruhiyatga salbiy ta’sir etuvchi, insonning hayotini izdan chiqarishi ham mumkin bo‘lgan omildir. O‘zbek, turk, qozoq, qoraqalpoq, turkman kabi qardosh xalqlar folklorida olqish va qarg‘ishlarning janr xususiyati qiyoslanganda umumiylik va o‘ziga xoslik aniqlanadi. Olqish va qarg‘ishlar insonga foyda yoki ziyon keltirganligi tufayli sof amaliy vazifa o‘taydi. Mana shu vazifaning doimiyligi, barqarorligi mazkur janrlarning barhayotligini ta’minlaydi. Bunday davomiylik jarayonida yuz bergan hayotiy o‘zgarishlar, taraqqiyot bosqichlari olqish va qarg‘ishlarda qanday aks etgan. Maqolada, aynan qardosh xalqlar og‘zaki ijodida maxsus ijrochilar tomonidan emas, balki istalgan shaxs tomonidan ijro etiladigan olqish va qarg‘ishlarning lokal xususiyatlari, faollik darajasi, mifopoetik qatlami, milliy koloritni tashuvchanligi, tanlangan so‘zning magik ta’siri, ijro o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan, namunalar asosida qiyosiy tipologik jihatdan tahlil etilgan.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/282 OʻZBEK LAPARLARI VA TURK KARŞILIKLI MANILARI TADQIQI 2026-07-04T15:11:51+05:00 Mohinur Turobova turobovmohinur@gmail.com
Ushbu maqola oʻzbek va turk laparlarining ilmiy-nazariy tadqiqiga bagʻishlangan. Unda lapar va karşılıkı manining oʻxshash va farqli jihatlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, har ikki qardosh xalq urf- odati, madaniyati bilan bogʻliq ma’lumotlar ham keltirib oʻtilgan. Maqolada, Turkiy xalqlarning urf odati, marosimlari hamda ijro oʻrni, ijro shakli, ijro hajmi naqadar oʻxshash ekanligiga toʻxtalib oʻtamiz. Jumladan, ikki qardosh xalqning badixagoʻyligi, soʻzamonligi Turkiy xalqlarning ildizi bir ekanini yana bir bora yodimizg soladi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/280 OʻZBEK MIFOLOGIYASIDA “IRQ BITIK”NING QIMMATI 2026-07-04T15:06:10+05:00 Ozoda Rajabbayeva ozodarajabbayeva05@gmail.com
Maqolada “Irq bitik”ning oʻrganilishi, mifologiyadagi ahamiyati, matnning mazmuni va turli tabdillari asosida koʻrib chiqildi. Turkcha, ozarbayjoncha tarjimalar orqali matnlar toʻliq koʻrib, tahlil qilindi. Kitobning tuzilishi, mazmuniga toʻxtab oʻtildi. Asardan parchalar berilib, uning tarkibidagi mifologik obrazlar, ramzlar va kultlar tahlil qilindi. Tush taʼbirining oʻsha davr va bugun uchun qimmati qanday ekanligi, asarning til tarixi bilan birga turkiy mifologiya uchun ahamiyati haqida mulohazalar yuritildi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/278 USMON AZIM IJODIDA FOLKLOR NAMUNALARI VA XALQONA OHANG 2026-07-04T14:58:58+05:00 Dilorom Toʻrayeva diloromtureva@gmail.com
Ushbu maqola Usmon Azim ijodida folklor va xalqona an’analarni o‘ziga xos tarzda qo‘llagan shoirlardan biri sifatida oʻz oʻrniga ega bo‘lgan shaxs she’riyati haqida boʻlib, uning she’riyati o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, masallar, ertaklar, dostonlar va maqollar kabi folklor namunalariga boy bo‘lib, bu unsurlar uning asarlarida milliy ruh va xalq donishmandligini aks ettiradi. Usmon Azim she’rlarida xalqona obrazlar, ramziy tasvirlar va an’anaviy motivlar orqali o‘zbek xalqining ma’naviy olami, urf-odatlar va qadimiy e’tiqodlarni zamonaviy she’riy til bilan uyg‘unlashtiradi. Shu bilan birga, uning ijodida xalqona namunalar nafaqat an’ana sifatida, balki zamonaviy hayot va inson ruhiyatini talqin qilish vositasi sifatida ham ishlatiladi. Bu annotatsiya Usmon Azimning folklor va xalqona an’analarni o‘ziga xos talqin qilish uslubini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, uning ijodiy merosining o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini yoritadi.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://folklor-sheva.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/276 “QUTADG‘U BILIG” DOSTONIDA KUNTUG‘DI VA O‘ZG‘URMISH MUNOSABATLARINING FOLKLOR MOTIVLARIGA XOS TALQINI 2026-07-04T14:41:01+05:00 Ilhom Jumayev ilhom_jumayev@tues.uz
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidagi har bir qahramon o‘ziga yarasha ramziy mazmun kasb etadi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar ham ma’lum bir g‘oyani aks ettirishga xizmat qiladi. Quyidagi maqolada ham Kuntug‘di va O‘zg‘urmish o‘rtasidagi shoh va zohidlik munosabati folklorga xos chizgilar asosida tahlil qilingan. Oʻzbek adabiyotida zamon va makon tushunchalarini mujassamlashtirga didaktik asarlardan bir boʻlgan bu doston globallashuv jarayonida ham oʻz qiymatini yoʻqotmagan kamsonli manbalardan biri hisoblanadi. Dostonda qoʻllangan folklor motivlari bugungi kun shaxsinining shaxs sifatida yuksalishi yoʻlida oʻziga xos oʻringa ega hisoblanadi. Folklor namunalarining xalq orasida qoʻllanish chegarasi torayib borayotgan bir davrda, nafaqat, keng kitobxon balki, xos adabiyotchilar uchun ham bu asarni folklor jihatdan talqin qilish bugun oʻz dolzarbligini saqlab kelmoqda.
2026-07-04T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture