Maqollar nashrida matniy farqlar (Gulxaniy asarlari misolida)

Authors

  • Saodat Kodirova

Keywords:

asar (yozma asar), syujet (mavzu), mazmun (maʼno), gʻoya, xarakter (tartib).

Abstract

Ushbu maqolada ba’zi qadimiy maqollar va ularning bugungi adabiyotdagi yangi versiyalari yoritilgan. Maqollar oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining eng qadimiy xalq ogʻzaki janrlaridan biri boʻlib, unda xalqning dunyoqarashi, jamiyatga munosabati, axloqiy meʼyorlari aks etadi. Shuning uchun maqollarning umri uzoq. Har bir tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy voqealar maqollarda o‘z izini qoldiradi. Gulxaniy asarlarida arabcha va forscha so‘zlar, tojikcha iboralar, maqollar ham ko‘p uchraydi. Bu esa o‘quvchiga asarning mohiyatini to‘laqonli anglab yetishida, xalq og‘zaki ijodi namunalarini tushunib, to‘g‘ri talqin qilishda, kerakli xulosalar chiqarib hayotga tatbiq etishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tojikcha keltirilgan maqollar tarjima qilib berilgan. Bu esa o‘quvchilar tushunmagan so‘zlarning tarjimasini kitobning lug‘at bobidan, qiyin ibora, ifodalarning ma’nosini har sahifaning oxirida berilgan izohlardan topishlariga imkon beradi.

Downloads

Published

2025-10-28