O‘G‘UZ LAHJASIDAGI SO‘Z BIRIKMALARI VA YONDOSH TIL BIRLIKLARI
Ключевые слова:
so‘z birikmasi, semantik ellipsis, dialektal ellipsis, predikativ munosabat, nopredikativ munosabat, tobe aloqa, tobe va hokim bo‘lak, boshqaruvli aloqa, moslashuvli aloqa, bitishuvli aloqa, qo‘shma so‘z, izofa, turg‘un birikma.Аннотация
Sintaksisning asosiy o‘rganish obektlaridan biri bo‘lgan so‘z birikmalarining dialektal matnlardagi ko‘rinishlarini adabiy til bilan bir xil deb bo‘lmaydi. O‘g‘uz lahjasi Xiva-Urganch areali shevalaridagi so‘z birikmalarining strukturasi bir qator individual xususiyatlarga ega. Adabiy tilda bir so‘z bilan ifodalangan birliklar, mazkur shevada so‘z birikmalari orqali shakllanadi, shuningdek, so‘z birikmalari bilan qarama-qarshi oppozitsiyada o‘rganiluvchi turg‘un birikmalar, qo‘shma so‘z va izofalarning ham dialektal o‘ziga xosliklari mavjud. So‘z birikmasi tarkibidagi mustaqil leksemalarning o‘zaro bog‘lanish jarayonida ham boshqa shevalar va adabiy til oppozitsiyasini ko‘rish mumkin. So‘z birikmalari o‘rtasidagi shakliy va mazmuniy sintagmatik munosabatlar mazkur sheva tabiati bilan izohlanadi.