INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ERTAKLARDA UCHRAYDIGAN BARQAROR BIRIKMALARNI MUQOBILLASHTIRISH MASALALARI
Ключевые слова:
ertak, barqaror birikma, maqol, ekvivalent, ichki qofiya, madaniy kontekst, allegorik maqollarАннотация
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi ertak matnlarida uchraydigan barqaror birikmalar – ya’ni frazeologik iboralar, idiomalar, maqollar va boshqa nutqiy qoliplarni tarjima qilish masalalari tahlil etiladi. Ertaklar xalqning madaniy-ma’naviy boyligi bo‘lgani bois ularning tarjimasi jarayonida faqatgina til emas, balki madaniyatlararo tafovutlar, mentalitet va estetik mezonlar ham hisobga olinishi zarur. Maqolada barqaror birikmalarning tarjimasida ekvivalent ifodalar orqali tarjima usuli yoritiladi. Ingliz va o‘zbek ertaklaridan olingan misollar asosida bu usul amaliy jihatdan tahlil qilinadi hamda tarjima jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.
Загрузки
Опубликован
2026-07-04
Выпуск
Раздел
Shevashunoslik