XALQ ERTAKLARIDA QO‘LANILADIGAN RAMZLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Rustam Esonov

Keywords:

ertak, ramz, xalq, janr, lingvomadaniy, xususiyatlar.

Abstract

Ertaklarda ramzlarning qo‘llanishi nafaqat badiiy ifoda vositasi, balki xalqning mentaliteti va ma’naviy dunyosini ifodalovchi lingvomadaniy hodisa sifatida ham ahamiyatlidir. O‘zbek madaniyatida raqamlar ramziy ma’noga juda boy. An’anaviy xalq dunyoqarashida raqamlar ko‘plab e’tiqodlar, urf-odatlar, folklor va san’atda o‘z ifodasini topgan. So‘zning leksik ma’nosi uning semantik tuzilishidagi o‘rnini hisobga olgan holda, tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi semalarning yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu tarzda u so‘zning ichki paradigmasini, ya’ni unga xos semantik birliklar tizimini ifodalaydi. Ushbu maqolada oʻzbek xalq ertaklarida keng qoʻllaniladigan ramzlarning til xususiyatlari leksik-semantik jihatdan tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi namunalarida keltirilgan lingvofolkloristik birliklarning alohida lugʻati masalasi ham yoritilgan. Folklor asarlari lugʻatini tayyorlash va izohli lugʻat oʻrtasidagi farqlar ilmiy asosda qiyoslangan.

Downloads

Published

2026-07-04