NAMANGAN QARLUQ SHEVALARINING FONETIK XUSUSIYATLARI VA AREAL LINGVISTIK O‘ZIGA XOSLIKLARI
Keywords:
Namangan shevasi, qarluq lahjasi, fonetik xususiyat, areal lingvistika, qadimgi turkiy til, tarixiy fonetika.Abstract
Mazkur maqolada Namangan qarluq shevalarining fonetik tizimi, tarixiy ildizlari hamda areal-lingvistik xususiyatlari keng tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Namangan vodiysi shevalarining qadimgi qarluq til qatlamlari bilan bog‘liqligi, fonetik o‘zgarishlarning tarixiy manbalardagi izlari, shuningdek, boshqa turkiy lahjalar bilan o‘zaro o‘xshashliklari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Namangan shevalarining shakllanishida qarluq etnik komponentining roli alohida o‘rin tutgani sababli tadqiqotda Karim Shoniyozovning “Qarluqlar va Qarluqlar davlati” asari, V.V. Reshetovning fonetik tadqiqotlari, Sh. Shoabdurahmonov, I. Darvishov, E. Begmatov, B. Jo‘rayev, S. Ibrohimov kabi olimlar merosi ilmiy manba sifatida jalb etildi. Ushbu manbalar Namangan vodiysi shevalarining qadimgi turkiy fonetik qatlamlarni saqlab qolgan markaziy hududlardan biri ekanini tasdiqlaydi. Maqola davomida Namangan shevalarining fonetik xususiyatlari qiyosiy-areal metod asosida tahlil qilindi. Xususan, Reshetov tomonidan qayd etilgan “Sharqiy turkiy areal” tushunchasi asosida Namangan vodiysi shevalarining fonetik markaz sifatidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslandi. Shuningdek, Jo‘rayev va Begmatovning Qashqadaryo hamda Samarqand qarluq shevalarida uchraydigan fonetik hodisalar Namangan shevalari bilan bevosita bog‘liqligi ko‘rsatildi. adqiqotning yana bir muhim jihati — Namangan shevalaridagi qarindoshlik terminlarining fonetik shakllanishi va semantik taraqqiyoti bo‘lib, bu jihat M. Saidova va H. Ismoilov tadqiqotlari asosida tahlil qilindi. Maqolada Namangan hududida ǯijan, ǯijanak, quda, ene kabi qadimgi turkiy kelib chiqishga ega bo‘lgan terminlarning fonetik shakllanishi, tarixiy rivoji va shevada yangicha talaffuzda yashab kelayotganligi ilmiy asosda ko‘rsatildi.