TURKIY XALQLAR FOLKLORIDA OLQISH VA QARG‘ISHLARNING QIYOSIY TIPOLOGIK TAHLILI

Authors

  • Hulkar Aliqulova

Keywords:

turkiy folklor, janr xususiyati, qiyosiy tahlil, marosim, olqish, qarg‘ish, magik ta’sir, so‘z sehri, faollik bosqichi.

Abstract

Turkiy xalqlar og‘zaki ijodida xatti-harakat, ko‘z va so‘z jodusi bilan bog‘liq folklor janrlari ancha katta o‘rin egallaydi. Kinna, badik, olqish, qarg‘ish, afsun, qolaversa, turli-tuman irim-sirimlar bilan bog‘liq aytimlar ana shular jumlasidandir. Bunday an’anaviy, faol janrlar uzoq ajdodlarning ijodi sifatida yashab kelar ekan, albatta, ularning ijtimoiy hayot bilan bog‘liq uzviy qatlamlari ko‘zga tashlanadi. Olqish va qarg‘ishlarning so‘z bilan bog‘liq ifodasidan tashqari, ana shunday hayotiy hodisalarga ta’sir doirasi ham o‘ziga xos. Shu ma’noda, bu tipdagi namunalar so‘z sehriga asoslangan janrlar deb yuritiladi. So‘z magik qudratiga asoslangan janrlar xalqning qadimgi e’tiqodiy tasavvurlarini, demonologik qarashlarini nisbatan to‘la aks ettirishi bilan ajralib turadi. Keng ommaviy ijro etiluvchi olqish, duo, tilak bilan bog‘liq ifodalar barcha xalqlarda ijobiy psixologik zavq ulashsa, qarg‘ishlar esa, aksincha, ruhiyatga salbiy ta’sir etuvchi, insonning hayotini izdan chiqarishi ham mumkin bo‘lgan omildir. O‘zbek, turk, qozoq, qoraqalpoq, turkman kabi qardosh xalqlar folklorida olqish va qarg‘ishlarning janr xususiyati qiyoslanganda umumiylik va o‘ziga xoslik aniqlanadi. Olqish va qarg‘ishlar insonga foyda yoki ziyon keltirganligi tufayli sof amaliy vazifa o‘taydi. Mana shu vazifaning doimiyligi, barqarorligi mazkur janrlarning barhayotligini ta’minlaydi. Bunday davomiylik jarayonida yuz bergan hayotiy o‘zgarishlar, taraqqiyot bosqichlari olqish va qarg‘ishlarda qanday aks etgan. Maqolada, aynan qardosh xalqlar og‘zaki ijodida maxsus ijrochilar tomonidan emas, balki istalgan shaxs tomonidan ijro etiladigan olqish va qarg‘ishlarning lokal xususiyatlari, faollik darajasi, mifopoetik qatlami, milliy koloritni tashuvchanligi, tanlangan so‘zning magik ta’siri, ijro o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan, namunalar asosida qiyosiy tipologik jihatdan tahlil etilgan.

Downloads

Published

2026-07-04