Oʻzbek adabiy tili va labial singarmonizm (XX asrning 20-yillari munozarasidan)

Авторы

  • Samixon Ashirboyev

Ключевые слова:

dialektologiya, o‘zbek adabiy tili, sheva, singarmonizm, labial singarmonizm, tafarruot, “ingichkalashish” “lab garmoniyasidan chekinish”, “tilga yengillik berish”.

Аннотация

O‘zbek dialektologiyasining XX asr boshlaridagi vaziyati kam o‘rganilgan. Bu davrda hali o‘zbek tilshunosligi shakllanib ulgurmagan edi. Bu fikrni o‘zbek dialektologiyasiga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Ayniqsa, o‘zbek adabiy tilining tayanch dialektini belgilash masalasi muhim bo‘lib turar edi. Bu masalaning hal qilinishi har jihatdan shu davrdagi o‘zbek shevalarining yetakchilik mavqeyini o‘rnatishga bog‘liq bo‘lgan va turli shevalardan olingan ma’lumotlar vaqtli matbuot sahifalarida qizg‘in munozara qilingan. Shunday munozaralardan biri o‘zbek adabiy tilida lab garmoniyasini joriy etish bo‘lgan. Bu borada o‘sha davr olimlari, jadidlar faollik ko‘rsatganligi barchaga ma’lum. Jumladan, Amir Najib, A. Fitrat, Q. Ramazon, A.Yo‘ldosh, Elbek va boshqalar lab garmoniyasining o‘zbek tilidagi xususiyatini tavsiflaganlar va uni adabiy tilda aks ettirish masalasi bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarlarini bayon qilganlar. Shulardan biri Miyon Buzruk bo‘lib, u “lab ohoni” qonunining turkiy tillarda va o‘zbek tilida qo‘llanishi tarixini o‘rgangan holda, bu qonun o‘zbek adabiy tilining bir qonuni bo‘la olmasligini isbotlashga uringan va e’tiborli fikrlarni bayon qilgan. Uning barcha fikrlari faktik materiallarga asoslanganligi bilan ajralib turadi.

Загрузки

Опубликован

2025-10-28