Dialektizmlar lisoniy shaxs ijtimoiy belgilarini aks ettiruvchi vosita sifatida

Авторы

  • Marhabo Umurzoqova

Ключевые слова:

dialektizm, lisoniy shaxs, idiolekt, idiouslub, subyektivlik, individuallik, nutqiy akt.

Аннотация

Maqolada badiiy asarda lisoniy shaxsning hududiy mansubligini ko‘rsatishda dialektizmlarning o‘rni masalasiga e’tibor qaratilgan. Lisoniy shaxs voqelanishida dialektizmlar muhim ko‘rsatkich sanaladi. Til egasi sifatida har bir shaxs individuallikka ega. Tildan foydalanish jarayonida muloqot ishtirokchilari muloqot o‘rni va muloqot maqsadiga mos til birliklarini tanlaydilar. Bu esa individual uslubni yuzaga keltiradi. Ana shunday o‘ziga xos uslub va so‘z tanlash lisoniy shaxsni belgilab beruvchi omillar sanaladi. Dialektizmlar asar tilini jonli xalq tiliga yaqinlashtirishda, qahramon nutqining o‘ziga xosligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Asar tilining jozibadorligi, xalqchilligi, ta’sirchanligi dialektizmlar vositasida ta’minlanadi. Bunday birliklarni badiiy asarga kiritishning ham o‘ziga xos qoidalari, me’yorlari bor. Maqolada shu jihatlar yoritilgan.

Загрузки

Опубликован

2025-10-28