Qadimiy epik an’analar va tarixiy roman poetikasining uzviyligi

Авторы

  • Guljahon Xo‘jayeva

Ключевые слова:

tarixiy roman, epik an’ana, milliy ruh, badiiy talqin, tarixiy xotira, adabiy meros, turkiy adabiyot.

Аннотация

Mazkur maqolada tarixiy roman janrining shakllanishi va taraqqiyotida qadimiy turkiy epik asarlarning o‘rni tahlil qilinadi. “Dede Qorqud kitobi”, “Saltuqnoma”, “Jangnomalar” kabi manbalar tarixiy xotira, milliy ruh va badiiy tafakkurni rivojlantirishda asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy tarixiy roman janrining ushbu an’analarni qayta talqin etishdagi roli ochib beriladi. Adabiy tahlil markazida “Usmon G‘ozixon” romani turadi. Unda tarixiy haqiqatning badiiy ifodalanishi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni hamda yozuvchining tarixiy materialga yondashuvi ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Ushbu maqola tarixiy romanistikaga oid dolzarb metodologik masalalarni ilgari suradi va adabiy meros bilan zamonaviylik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi.

Загрузки

Опубликован

2025-10-28