IBORALAR KOMPONENTLARI TAHLILI: O‘TIL (6 JILDLI; 2022) MATERIALLARI ASOSIDA

Авторы

  • Islom Bo‘riyev

Ключевые слова:

birikma ibora, gap ibora, ot fe’l, ot sifat, ot ot feʼl tipidagi iboralar.

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbek tilining izohli lug‘ati (6 jildli; 2022) materiallari asosida iboralarning komponent tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda iboralar shakliy-struktur jihatdan tahlil qilinib, ularning komponentlar miqdori (ikki komponentlidan to‘qqiz komponentligacha), grammatik bog‘lanish usullari va tarkibidagi so‘z turkumlari aniqlangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘TILdagi iboralarning 80% ini fe’l iboralar, 12% ini sifat iboralar, 7% ini ravish iboralar va qolgan qismini ot iboralar tashkil etadi. Iboralar asosan ot+fe’l, ot+sifat, ot+ot, sifat+fe’l kabi qoliplarda shakllangan bo‘lib, ko‘p komponentli iboralar gapga teng kelishi xususiyati bilan ajralib turadi. Maqolada ibora komponentlarining o‘zgarishi (so‘z tushishi yoki qo‘shilishi, grammatik qo‘shimchalarning qo‘shilishi) ularning semantikasiga ta’siri haqida ham qisqacha fikr yuritilgan. Bundan tashqari Oʻzbek tilida iboralarni izohli lugʻatlarga kiritish va lugʻaviy tavsifi tizimini shakllantirish uchun mavjud lugʻatlar tahlili asosida 11 ta oʻlchov-mezon ishlab chiqilib, mazkur mezonlar iboraning maʼno yaxlitligi, qoʻllanish faolligi, uslubiy mansublik, sinonim va antonim munosabatlari, tarkibiy barqarorlik, etimologik asoslari, illyustrativ misollar bilan taʼminlanganligi, grammatik modeli, polisemantiklik darajasi, variantliligi hamda qoʻllanish doirasi kabi jihatlarni qamrab olganligi izohlangan.

Загрузки

Опубликован

2026-07-04