TIL VA MADANIYAT MUNOSABATI, ETNODIALEKTAL BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY TALQINI
Ключевые слова:
til, madaniyat, etnografizm, dialektal leksika, lingvomadaniy birlik, ekzotizmlar, miflar, etnografik birliklar.Аннотация
Til va madaniyat tushunchasi ko‘p funktsiyali, unga madaniyatshunos, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunoslik sohasi olimlari o‘rtasida turlicha qarash va munosabat mavjudligini ko‘rish mumkin. Til va madaniyat har bir xalqning aql idroki, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan stereotiplarning vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Stereotiplar xalqning borliqni idrok etishi, undan xulosa chiqarishi va amalda foydalanishi asosida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular majmui. Ayonki, lingvokulturologiya fanining asosiy maqsadi xalq madaniyatini tilda yorqin aks ettirish. Ya’ni bunga: etnografizmlar (xolaslamoq, betochar,oshxudayi), lakunalar (bobochaqirish, qo‘rliq, digdika, qonjaloq), ekzotizmlar (sari, sarpo, gashtak) va til birliklarning miflashgan ko‘rinishlari – arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusm va odat, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari tashkil etadi.