ISHTIXON SHEVASINING O‘Z VA O‘ZLASHMA QATLAM LEKSIKASI
Ключевые слова:
Ishtixon shevasi, o‘zlashma leksika, umumturkiy so‘zlar, fors-tojikcha qatlam, arabcha o‘zlashmalar, fonetik xususiyatlar, etnik arablar.Аннотация
Ushbu maqolada Samarqand viloyati Ishtixon tumanida istiqomat qiluvchi o‘zbeklashgan etnik arablar shevasining leksik tarkibi tahlil qilinadi. Tadqiqotda sheva lug‘at boyligining ikki asosiy qatlami — umumturkiy va o‘zlashma leksik qatlamlar ko‘rib chiqilgan. O‘z qatlam leksikasini fors-tojikcha va arabcha so‘zlarga ta’siri fonetik, leksik-semantik xususiyatlari aniqlanib, ularning adabiy tilga nisbatan farqli jihatlari misollar asosida yoritilgan. Maqolada shuningdek, maqolada fors-tojikcha va arabcha elementlarning sheva tizimiga singib ketishi jarayoni, ularning tarixiy shakllanish omillari (etnik arablarning o‘zbek muhitiga integratsiyasi, madaniy va diniy aloqalar, yonma-yon yashash natijalari) ham batafsil tahlil etilgan. Bundan tashqari o‘zlashma so‘zlarning fonetik-morfologik moslashuvi, semantik oʻzgarishlari, sheva ichidagi sinonimik munosabatlari (o‘z va o‘zlashma qatlamning parallel qo‘llanilishi) alohida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi – Ishtixon shevasi leksik qatlamini qiyosiy tahlil qilish, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlash va adabiy til bilan munosabatlarini ochib berishdir. Natijalar o‘zbek dialektologiyasi, leksikografiyasi va til tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shevalarni saqlash va adabiy tilni boyitish masalalarida amaliy qo‘llanilishi mumkin.