O‘ZBEK SHEVALARIDA KULOLCHILIK TERMINLARINING O‘RGANILISHI
Ключевые слова:
kulolchilik, leksika, terminologiya, semantika, morfologiya, hunarmandchilik, lingvokulturologiya, sohaviy leksika, tematik guruhlanish.Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi kasb-hunar leksikasining qadimiy va muhim qatlami — kulolchilik terminologiyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish jarayoni tahlil qilingan. Unda kulolchilikka oid so‘zlarning tarixiy ildizlari, semantik va morfologik xususiyatlari, tematik guruhlanishi hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarda tutgan o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda kulolchilik terminlarining xalq og‘zaki ijodi, madaniy meros va lingvokulturologik jarayonlar bilan uzviy aloqasi ilmiy asosda ochib berilgan. Shuningdek, maqolada kulolchilik leksikasining o‘zbek tili tizimidagi qadimiylik, milliylik va madaniy identifikatsiya belgilarini saqlab qolgan sohaviy qatlam sifatidagi o‘rni tahlil etiladi. Ushbu tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy hamda tahliliy usullardan foydalanildi. Tavsifiy usul yordamida kulolchilikka oid so‘zlar yig‘ilib, ularning umumiy xususiyatlari bayon qilindi. Qiyosiy usul orqali ushbu so‘zlar boshqa shevalar bilan solishtirilib, o‘xshash va farqli jihatlari aniqlandi. Tahliliy yondashuv asosida esa ularning ma’no xususiyatlari va qo‘llanish doirasi o’rganildi.