“BOBURNOMA”DA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI BADIIY TALQINI
Ключевые слова:
“Boburnoma”, o‘zbek xalq maqollari, “Boburnoma”da fors-tojik tilidagi maqollar, asarda maqol va unga mushtarak voqealar.Аннотация
Ushbu maqoladа Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari o‘zbek mumtoz adabiyotining eng muhim yodgorliklaridan biri bo‘lib, unda muallifning shaxsiy hayoti, siyosiy kurashlari bilan birga o‘zbek, tojik va boshqa xalqlar og‘zaki ijodining boy namunalari – maqollar, matallar, rivoyatlar, qo‘shiqlar va boshqa folklor unsurlari keng qo‘llanilgan. Ushbu ishda “Boburnoma”da xalq og‘zaki ijodi namunalarining badiiy talqini tadqiq etiladi: Bobur folklor elementlaridan voqealarni ixchamlashtirish, fikrlarni falsafiy umumlashtirish, obrazlarni jonlantirish va matnni estetik boyitish uchun mahorat bilan foydalanadi. Masalan, o‘zbek va tojik maqollarining “irsoli masal” uslubida qo‘llanilishi asarda badiiy vosita sifatida xizmat qiladi, xalq donishmandligini tarixiy voqealar bilan uzviy bog‘laydi. Maqolada Boburning maqollarni siyosiy-ijtimoiy holatlarni talqin etishdagi o‘ziga xos uslubi, shuningdek, qo‘shiq va rivoyatlarning matnga emotsional ta’sir kuchaytirishdagi roli tahlil qilinadi. Ishning dolzarbligi “Boburnoma”ning xalq og‘zaki ijodi bilan adabiyot o‘zaro ta’sirini ochib berishda, mumtoz merosni zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishdadir. Maqolada matnshunoslik, qiyosiy tahlil va tarixiy-adabiy yondashuvlarga asoslanadi. Natijada, Bobur folklor namunalarini shaxsiy memuar janriga muvaffaqiyatli singdirib, o‘zbek nasrining badiiy imkoniyatlarini boyitgani isbotlanadi.