USMON AZIM IJODIDA FOLKLOR NAMUNALARI VA XALQONA OHANG
Ключевые слова:
Folklor, poetika, soz, xalq, ijod, ritorika, doston, rivoyat.Аннотация
Ushbu maqola Usmon Azim ijodida folklor va xalqona an’analarni o‘ziga xos tarzda qo‘llagan shoirlardan biri sifatida oʻz oʻrniga ega bo‘lgan shaxs she’riyati haqida boʻlib, uning she’riyati o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, masallar, ertaklar, dostonlar va maqollar kabi folklor namunalariga boy bo‘lib, bu unsurlar uning asarlarida milliy ruh va xalq donishmandligini aks ettiradi. Usmon Azim she’rlarida xalqona obrazlar, ramziy tasvirlar va an’anaviy motivlar orqali o‘zbek xalqining ma’naviy olami, urf-odatlar va qadimiy e’tiqodlarni zamonaviy she’riy til bilan uyg‘unlashtiradi. Shu bilan birga, uning ijodida xalqona namunalar nafaqat an’ana sifatida, balki zamonaviy hayot va inson ruhiyatini talqin qilish vositasi sifatida ham ishlatiladi. Bu annotatsiya Usmon Azimning folklor va xalqona an’analarni o‘ziga xos talqin qilish uslubini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, uning ijodiy merosining o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini yoritadi.