O‘ZBEK VA TURK XALQLARIDA NIKOY TO‘YI MAROSIMI

Авторы

  • Nazokat Abduraximova

Ключевые слова:

o‘zbek to‘yi, turk to‘yi, nikoh, marosim, diniy marosim, urf-odat

Аннотация

Nikoh to‘yi har bir xalq madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, u milliy an’analar, urf-odatlar va ijtimoiy qadriyatlarning aks etish maydonidir. Nikoh asrlarda davomida shakllangan diniy va madaniy an’analarning hosilasidir. Bu marosim har ikki xalqning urf-odatlari, turmush tarzi va e’tiqodlari bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbek va turk xalqlari tarixiy ildizlari va diniy urf-odatlarining yaqinligi bilan ajralib turadigan ikki millat bo‘lib, ularning nikoh to‘ylari o‘xshash jihatlar va o‘ziga xos farqlarga boydir. Har ikki xalq turkiy etnik asosga, umumiy islomiy qadriyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, nikoh to‘ylariga bo‘lgan yondashuvlarida muayyan farqlar mavjud. Ushbu maqolada ikki qardosh xalqning nikoh marosimlari, ularning o‘ziga xos jihatlari va o‘zaro o‘xshashliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Загрузки

Опубликован

2026-07-04